00:04 / 05.06.2015
3356

Lionel Messi Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topildi

Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini aniqlash maqsadida MasterCard kompaniyasi buyurtmasi asosida o‘tkazilgan so‘rovnomada “Barselona” yetakchisi Lionel Messi eng ko‘p ovoz to‘pladi.

27 yoshli futbolchiga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 27 foizi ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinda 12 foiz ovoz bilan Zinedin Zidan, 3-pog‘onani “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 11 foiz ovoz to‘plagan holda band etdi. 7 foiz ovoz to‘plagan braziliyalik Ronaldo 4-o‘rinni, 4 foiz ovoz yig‘gan Devid Bekxem 5-pog‘onani egalladi.

Messiga ovoz berganlarning asosiy qismini 55 yoshdan katta bo‘lgan muxlislar tashkil etgan. Argentinalik futbolchi Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Italiya, Turkiya, Rossiya hamda Vengriyada birinchi o‘rinni egalladi. 

Top