21:47 / 05.06.2015
5486

Medvedev javob sanksiyalari Rossiya o‘zini o‘zi boqa olishga qodir ekanligini ko‘rsatdi deb aytmoqda

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev javob sanksiyalari Rossiya o‘zini o‘zi boqa olishga qodir ekanligini ko‘rsatdi, deb ta'kidlamoqda.

”Maxsus iqtisodiy choralar kiritilgan vaqtdan keyingi 10 oy Rossiya o‘zini-o‘zi boqa olishini isbotladi”, deb aytdi bosh vazir. Medvedev Rossiya sanksiyalardan qat'iy nazar oziq-ovqat sohasida boshlagan siyosatini amalga oshirishni davom ettirishi va agrar sektorini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tdi.

Medvedevning fikricha, bu holat bilan Rossiya qatta miqdorda oziq-ovqat import qilishga majbur bo‘ladi deb o‘ylaganlar ham rozi bo‘lishga majbur bo‘lmoqdalar.

Avvalroq Lavrov Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan sanksiyalarning bekor qilinishini muhokama qilmasligini aytgan.

Top