16:50 / 05.06.2015
2095

O‘zbekiston U16 Osiyo chempionati saralashi qur'asida «A» guruhidan joy oldi

5 iyun kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2016 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Qur'a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston "A" guruhidan joy oldi. Ushbu guruhdan O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga Yaman, Falastin hamda Maldiv qarshilik qiladi.

Guruh o‘yinlari Falastinda, 12 – 20 sentabrm kunlari bo‘lib o‘tadi.  

Demak, qur'a natijalari quyidagicha:

“G‘arb” mintaqasi
A guruhi: O‘zbekiston, Yaman, Falastin (mezbon), Maldiv
B guruhi: Nepal, Ummon, Qirg‘iziston (mezbon), Iordaniya
C guruhi: Qatar (mezbon), Tojikiston, Iroq, Turkmaniston
D guruhi: Saudiya Arabistoni, BAA, Pokiston, Bangladesh (mezbon)
E guruhi: Eron (mezbon), Bahrayn, Hindiston, Livan
F guruhi: Suriya, Kuvayt (mezbon), Afg‘oniston, Shri Lanka

“Sharq” mintaqasi
G guruhi: Malayziya, Laos, Filippin, Shimoliy Marina orollari, Sharqiy Timor
H guruhi: KXDR, Tailand, Singapur, Kamboja
I guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Taypey, Makao
J guruhi: Avstraliya, Vetnam, Myanmar, Guam
K guruhi: Yaponiya, Gongkong, Bruney, Mo‘g‘uliston

Top