16:34 / 05.06.2015
2811

Rossiya hukumati Qirg‘iziston bilan migratsiya rejimini yengillashtirmoqchi

Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat Prezidentiga Qirg‘iziston bilan migratsiya rejimiga yengilliklar kiritish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi bo‘yicha taklif kiritdi. Bu haqda Qaror hukumat rasmiy saytida e'lon qilingan.

«Kelishuv loyihasiga ko‘ra, ikkala mamlakat fuqarolarining migratsiya davrida vakolatli organlarda majburiy ro‘yxatdan o‘tish muddatini 30 kun ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi», deyiladi hujjatda.

Bu muddat fuqaroning bir davlatdan boshqa davlatga kelganini bildiruvchi chegara xizmatchilari tomonidan qo‘yilgan muhr kunidan boshlab hisobga olinadi. Agar bu muddat 30 kundan oshadigan bo‘lsa, fuqaro vakolatli organlar orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Mazkur hujjat Rossiya hukumatining 2015 yil 28 maydagi yig‘ilishi paytida ko‘rib chiqilgan va ma'qullangandi.

Top