11:20 / 05.06.2015
5994

Suriyaga Xitoydan 80 yoshli “jihodchi” keldi

Shinjon muxtor viloyatida istiqomat qiluvchi 80 yoshli kishi "IShID" tarkibiga qo‘shilish uchun Suriyaga keldi. Muhammad Amin o‘zi bilan birga to‘rt nabirasi, qizi va rafiqasini ham olib keldi.

The Daily Mail nashrining yozishicha, bu fakt IShID tomonidan tarqatilgan videolavhada o‘z aksini topgan.
Aytilishicha, Muhammad Amin o‘g‘li Suriyada o‘ldirilganini eshitgandan so‘ng shunday qarorga kelgan. “Xitoyliklar meni 60 yil davomida qiynashdi”, – ta'kidlab o‘tdi u.

Muhammad Amin mashg‘ulotlar qarorgohida tayyorgarlikdan o‘tib, qurol oldi. Hozircha u old jabhaga yuborilmay, bazada tutib turilibdi.

Top