15:49 / 05.06.2015
2579

Yaponiyalik olimlar robotni odam kabi tafakkur qilishga o‘rgatdi

Yaponiyadagi Tokio universiteti muhandislari ilk bor ilmiy tarixda insonga o‘xshash robotni o‘zining og‘irligidan foydalanib, buyumlarni surishga o‘rgatishdi.

HRP-2 roboti og‘ir bumlarni surishda insonga o‘xshash tafakkur qiladi. Robot o‘z oldidagi yukni avval qo‘llari bilan itaradi, agar buning uddasidan chiqa olmasa, so‘ngra buni amalga oshirishning samaraliroq yo‘llarini qidirishni boshlaydi, masalan, yelkasi yoki orqasi bilan buyumga tirangan holda polga tayanib, buyumni surishga harakat qiladi.

Robot buyumni surish paytida o‘z muvozanatini saqlaydi va u yoki bu usul buyumni surishda qanchalik yordam bergani bilish uchun natijalarni kuzatib boradi. Shunga bog‘liq holda robot o‘z qadamlari uzunligi, gavdasi holatini keragicha o‘zgartirib boradi.

Top