18:44 / 06.06.2015
2917

Aleish Vidal “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

“Sevilya” klubining o‘ng qanot yarim himoyachisi Aleish Vidal o‘z faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sport.es portali.

Manbaning ma'lum qilishicha, o‘yinchi katalon klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan.

“Barselona” Vidalning klubga o‘tganini Chempionlar Ligasi finalidan keyin e'lon qiladi.

“Barsa” 25 yoshli yarimhimoyachining transferi uchun 10 mln yevroga yaqin pul to‘ladi.

Vidal FIFA “Barselona”ga yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘ygan taqiqlovi 2016 yilning yanvarida o‘z nihoyasiga yetgandan keyingina jamoa safida o‘ynashni boshlashi mumkin bo‘ladi. Ungacha Ispaniya terma jamoasi futbolchisi faqatgina jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Top