16:49 / 06.06.2015
3396

Dushanbeda ShHTga a'zo davlatlar ichki ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

5 iyun kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Tojikiston ichki ishlar vaziri Rahimzoda Ramazon Hamro raislik qildi.

Yig‘ilishda terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda ShHT Bosh kotibi D.Mezentsev, Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri N.Kasimov, Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri M.Turgunbayev, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vaziri V.Kolokoltsev, Xitoy Jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Qurbonov hamda Eron Ichki ishlar vaziri Abdulrizo Raxmoni Fazli, Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Nurulhaq Ulumi, Turkiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Namik Demir ishtirok etdi.

Shuningdek, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yig‘ilish ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 
Top