10:51 / 06.06.2015
2769

Greg Dayk: Angliya JCh-2018 yoki JCh-2022 mezbonligiga da'vogarlik qilishni to‘xtatdi

Angliya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Greg Dayk 2018 yilgi jahon chempionati Rossiyadan olib qo‘yilib, Angliyaga berilishini inkor etdi.

"Biz 2018 yilgi jahon chempionatini qabul qilmaymiz. Shuningdek 2022 yilgi JCh mezbonligi ham bizga berilmaydi. Aks holda FIFAga qarshi boshlangan ish shaxsiy maqsadlarni ko‘zlagandek bo‘lib qoladi.

Hech kim Rossiya va Qatarga qarshi hech narsa qila olmaydi. Toki rasmiy surishtiruv ishlari yakunlanmagunga va biror qonunbuzarlik aniqlanmagunga qadar.

Ammo bu faktlar o‘z isbotini topgudek bo‘lsa, barchasini boshidan o‘ylab ko‘rish lozim", - deydi Dayk.

Top