10:34 / 06.06.2015
3575

Obama va Poroshenko G7 sammitidan oldin telefon orqali gaplashib olishdi

AQSh prezidenti Barak Obama va uning ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko G7 sammitidan oldin telefon muloqoti o‘tkazib, o‘z pozitsiyalarini aniqlashtirib olishdi. Bu haqda Poroshenkoning matbuot xizmati xabar bergan.
 
"Tomonlar telefon muloqoti paytida 7 iyun kuni Germaniyada o‘tkaziladigan G7 sammiti arafasida pozitsiyalarini muvofiqlashtirib olishdi. Suhbatda "Minsk kelishuvlari"ga amal qilinmagan taqdirda Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etilishi haqida gaplashildi", deyiladi xabarda.
 
Qayd etilishicha, tomonlar Donbassdagi siyosiy ziddiyatni islohotlar orqali hal qilish bo‘yicha gaplashishgan.
 
"Poroshenko ko‘rsatilayotgan yordamlar va qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, o‘zaro hamkorlikning uzoq vaqt davom etishiga umid bildirdi", deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.
 
Top