10:07 / 06.06.2015
4503

Sankt-Peterburg sudi “Zenit” futbolchisi Arshavinning mulkini hibsga oldi

Sankt-Peterburg shahrining Viborg tumani sudi “Zenit” jamoasi futbolchisi Andrey Arshavinning mulkini hibsga oldi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Xabar berilishicha, bu hibsga olish sportchi biznes-hamkoriga kafillik bergani uchun hamkoridan qarz undirish ishi bo‘yicha amalga oshirilgan.

“Arshavinning biznes-hamkori Pyotr Tingayevdan qarz undirish bo‘yicha sud jarayoni mavjud bo‘lib, Arshavin bu jarayonda faqatgina kafil sifatida ishtirok etmoqda. Arshavinning o‘zi ham hamkorining faoliyatidan zarar ko‘rgan. Hibsga olingan mulk 5 mln rubl atrofida baholanmoqda”, deb xabar berilmoqda.

Top