16:01 / 06.06.2015
3083

Toshkentdagi Inha universitetida Google I/O taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida xorijiy davlatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishib borish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarni dunyo bo‘yicha AKT sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishtirib borishdir. Bu yo‘nalishda Inha universiteti dunyoning oldi AKT kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ana shunday kompaniyalari biri “Google” hisoblanadi.

2015 yilning 6 iyunida Google I/O ilk marotaba Toshkent shahridagi Inha universitetida 130 nafardan ortiq dasturchilar ishtirokida o‘z taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu taqdimotda ishtrokchilar I/O konferensiyasidagi eng yaxshi ma'ruzalarni ko‘rib, O‘zbekiston bozorda taqdim etilgan eng so‘nggi dasturiy ilovalar va yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tadbirda Samsung kompaniyasi ham yangi o‘zining qurilmalarini namoyish etdi. Ular orasida Samsung Galaxy S6 hamda Galaxy A7 smarfonlari, bundan tashqari kompyuter monitorlari va televizorlar ham bor.  

Ma'lumot uchun, 2008 yildan beri Google kompaniyasi yilning eng yirik Google-voqeligi – Google I/O konferensiyasining o‘tkazib keladi. Maazkur tadbrida minglab dastur ishlab chiqaruvchilar yig‘ilib, Google kompaniyasining so‘nggi dastur ishlanmalari hamda innovatsion yechimlar ni muhokama qilishdi. Butun dunyo bo‘ylab Google I/O Exttended tadbirlari uyushtirilib, unda mahalliy IT Jamiyatlari to‘planib, birgalikda muloqatda bo‘lishadi, Google yangiliklarini muhokama qilib, I/O namoyishini tomosha qilishadi, dasturiy tanlov va musobaqalar uyushtirib, mahorat maktablari o‘tkazishadi hamda Google yechimlari yordamida ishlab chiqilgan maalliy mahsultlarning taqdimotini o‘tkazishadi. 

Top