12:26 / 06.06.2015
2287

"Yuventus" muxlisi Turindan Berlingacha 900 km masofani piyoda va velosipedda bosib o‘tdi

"Yuventus" jamoasi muxlisi bo‘lmish Nikolo de Marki o‘z sevimli jamoasi finalga chiqsa, Berlinga piyoda borish haqidagi va'dasining ustidan chiqdi.

De Marki 9 kun davomida 900 km masofani piyoda bosib o‘tib, Berlinga yetib bordi. U yo‘l davomida velosipeddan ham foydalangan, 12 km masofada esa mashinada yurgan.

Qayd etish joizki, "Yuventus" muxlisi Berlinga 4 iyun kuni kirib kelishni rejalashtirgandi, ammo u charchoq tufayli 5 iyungacha kechikkan.

"To‘g‘ri, mening oyoqlarim biroz shikastlandi, qattiq toliqdim. Ammo Berlinga yetib kelganim zahoti og‘riq o‘z-o‘zidan yo‘qoldi. Men o‘z maqsadimni amalga oshira olganimdan juda baxtliman", deydi muxlis.

Top