02:25 / 07.06.2015
4381

"Barselona" jamoasi Chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Berlindagi "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining final uchrashuvida "Yuventus" hamda "Barselona" jamoalari kuch sinashdi. Shiddatli kechgan uchrashuv 1:3 hisobida "Barselona" foydasiga hal bo‘ldi. 

"Yuventus" - "Barselona"

Gollar: Morata (55’) - Rakitich (4’), Suares (68’), Neymar (90+7’)

Ogohlantirishlar: Vidal (11’), Pogba (41’) - Suares (70’)

Uchrashuvning matnli-translyatsiyasi hamda gollarini ko‘rish uchun manba

Ushbu sovrinlar "Barselona"ning mavsumdagi 3-kubogi bo‘ldi. Bungacha "kataloniyaliklar" Ispaniya chempionati hamda Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishgan edi.

 

Top