“Real” hujumchisi Karim Benzemaning agenti Karim Jaziriy o‘yinchining boshqa klubga o‘tishi ehtimoliga izoh berib o‘tdi.
“Benzema o‘z shartnomasini oxirigacha yetkazishni va faoliyatini Madridda tugatishni istamoqda.
Men Londonda hech kim bilan – na “Manchester Yunayted” vakili va na boshqa odam bilan uchrashdim. Biz “Real”dan boshqa hech kim bilan muzokara olib bormayapmiz.
Karim Manchesterda nima qiladi? U Madridda o‘zini baxtiyor his qilmoqda. U klubni tark etishni istamayapti. U klubdan agar unga klubda ehtiyoj sezilmayotgani aytilsagina ketadi”, deydi Jaziriy.