19:22 / 08.06.2015
4064

“O‘zneftmahsulot” barcha neft mahsulotlariga yetarli miqdorda ega

“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi barcha zaruriy neft mahsulotlariga yetarli miqdorda ega. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Aytilishicha, dizel yoqilg‘isi va boshqa turdagi neft mahsulotlarini uzluksiz ravishda iste'molchilarga yetkazib berish uchun yetarli miqdorda mahsulot bor.
Oxirgi kunlarda internetda Toshkent jamoa transport vositalariga dizel yoqilg‘isi yetishmayotgani bois yetkazib berish 30 foizga qisqargani haqida xabar tarqaldi. Bunda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy sayti orqali tarqatilgan axborot birlamchi manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bunga javoban “O‘zneftmahsulot” matbuot xizmati dizel yoqilg‘isi yetkazib berishda hech qanday uzilish bo‘lmagani, aniq grafik bo‘yicha “Toshshahartransxizmat”ga zaruriy miqdordagi mahsulot yetkazib berilayotganini ma'lum qildi.

Top