10:08 / 08.06.2015
2138

2015 yilning boshidan Buxoro viloyatida yettita Beeline eksklyuziv salonlari ochildi

8 iyun 2015, Buhoro. Aloqa operatori Beeline Buxoroda, shuningdek, Buxoro viloyatidagi Vobkent, Buxoro, Peshku, Romitan va Jondor tumanlarida yettita dilerlik eksklyuziv salonlarning ishga tushirilganligi haqida xabar beradi.

«Beeline'ning har bitta saloni abonentlarga maksimal darajadagi qulay shart-sharoitlarni, sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishni taqdim eta olishi biz uchun juda muhim, – deb aytadi Unitel'ning Janubiy-G‘arbiy regional bo‘linmasining direktori G‘ulom Ortiqov. – O‘z toifasidan qat'iy nazar, ushbu xizmat ko‘rsatish joylarining har biri abonentlarni ulash, ularga maslahat berish, to‘lovlarni qabul qilish va tanlangan tarif rejalariga o‘tish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirish, shuningdek, kompaniya tomonidan joriy qilinayotgan innovatsiyalar haqida xabar berish uchun barcha zarur bo‘lgan jihozlarga, anjomlarga va imkoniyatlarga ega».

Top