09:05 / 08.06.2015
2163

Amerikalik sportchi Tinch okeanni eshkakda suzib o‘tishga otlandi

Florida shtatidagi Orlando shahrida istiqomat qiluvchi sportchi Sonya Baumshteyn 7 iyun kuni eshkakli qayiqda yakka tartibda Tinch okeanini kesib o‘tishga otlandi. Ma'lum qilinishicha, u Tinch okeanini eshkakda suzib o‘tgan birinchi ayol bo‘lishi mumkin.

29 yoshli ayolning qayig‘i “Icha” deb atalib, 7 m uzunlikka ega. 300 kg vaznli qayiq motorga ham, yelkanlarga ham ega emas.

Baumshteyn xonim kuniga 14-16 soat yo‘l yurishni rejalashtirmoqda. U Yaponiya qirg‘oqlaridan San-Frantsiskogacha bo‘lgan 9.6 ming km masofani yolg‘iz o‘zi bosib o‘tmoqchi. Uning sayohati, hisob-kitoblarga qaraganda, sentabr oyining oxirida yakunlanadi.

Ma'lumot uchun, tarixda faqat uch erkak Tinch okeanini yakka tartibda eshkakli qayiqda kesib o‘ta olgan.

Top