08:56 / 08.06.2015
5807

AQSh rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar Yevropa Ittifoqiga zarar keltirganini tan oldi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar natijasida AQShga nisbatan ko‘proq zarar ko‘rmoqda. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Josh Ernestga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Bu sanksiyalarni joriy qilish va ularga amal qilish Yevropa mamlakatlarining ayrimlaridan AQShga nisbatan ko‘proq qurbonliklar talab qiladi”, – ta'kidlab o‘tdi Ernest G7 sammiti chog‘ida. Buning boisi, siyosatchining fikricha, ayrim Yevropa davlatlarining Rossiya bilan mustahkam iqtisodiy aloqalari borligidir.

AQSh sanksiyalardan zarar ko‘rgan hamkorlariga yordam berish-bermasligi haqidagi savolni Ernest ochiq qoldirdi.

Top