07:51 / 08.06.2015
2760

AQSh Ukrainaga hujum quroli yetkazib bermaydi

Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest G7 sammitida Ukrainaga hujum quroli yetkazib berilmasligini ta'kidlab o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu mamlakat sharqidagi ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilish prinsiplarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.

“Prezidentning fikricha, qo‘shimcha qurolning yetkazib berilishi vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi, vaholanki, masala diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Ta'kidlanishicha, uchrashuvning asosiy qismida AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina masalasini muhokama qilgan.

Top