18:35 / 08.06.2015
3007

Bubnov RFPL ramziy jamoasiga avvaliga Odil Ahmedovni kiritib keyin uni Denisovga almashtirdi

Rossiyalik taniqlik futbol tahlilchisi Aleksandr Bubnov rossiya chempionati bo‘yicha o‘zining ramziy jamoasini tuzdi. Jamoa «Sovetskiy Sport» nashrida e'lon qilingan.

Bubnov avvaliga ramziy jamoa tayanch yarimhimoyasiga «Krasnodar» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedovni joylashtirdi. «Yo‘q. Bu o‘ringa Denisov. Denisov «Dinamo» o‘yinlaridan chetlatilgach, jamoada muammolar paydo bo‘ldi», deya qarorini izohladi.

Shuningdek Bubnov Ezekiyel Garayni markaziy himoyaga qo‘ya turib men ham, Messi ham uni eng yaxshi himoyachi deb hisoblaymiz deya ta'kidlab o‘tdi.

Top