14:41 / 08.06.2015
1715

«Liverpul» Denni Ingzni sotib oldi

«Bernli» hujumchisi Denni Ingz faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradigan bo‘ldi. «Mersisaydliklar» sayti bu haqda rasmiy xabar tarqatdi.

23 yoshli Angliya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan hujumchi liverpulliklar tarkibiga «Bernli» bilan shartnomasi tugagach, 1 iyul kuni erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi.

Futbolchining «Liverpul» bilan qancha muddatga shartnoma tuzgani hozircha noma'lum bo‘lib turibdi. Bu borada tomonlar futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgach, bir to‘xtamga kelishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Ingz o‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida jami 35 uchrashuvda maydonga chiqib 11ta gol va 4 golli uzatmani amalga oshirgandi.

Top