16:15 / 08.06.2015
3532

Merkel Instagramda Obama bilan o‘tkazilgan nonushta dasturxonining suratini joylashtirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Instagramdagi sahifasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan nonushta qilishi uchun tayyorlangan dasturxon suratini joylashtirdi.

“Angela Merkel va prezident Barak Obamani bavarcha nonushta kutmoqda”, – deb yozilgan surat ostidagi izohda.

Suratda an'anaviy nemis noni, kolbasasi va pivo aks etgan.

Ayni paytda tilga olingan ikki davlat rahbari Bavariya Alplaridagi G7 sammiti o‘tkazilayotgan Elmau qasridadir.

Top