17:05 / 08.06.2015
5632

Namanganda bo‘lib o‘tgan diniy intellektual bellashuvda qizlar bilim yurti birinchilikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 4 iyun kuni Namangan shahridagi Mulla Qirg‘iz o‘rta maxsus islom bilim yurtida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi islom bilim yurtlari jamoalari o‘rtasida “Biz yoshlar– yot g‘oyalarga qarshimiz” nomli intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchi jamoalar to‘rt yo‘nalish, ya'ni tanishtiruv, savol-javoblar, tezkor savol-javoblar hamda mavzuga oid ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari bilan bellashdilar.

Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom bilim yurti jamoasi egalladi. 2-o‘rin Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1-o‘rin Hadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti jamoasiga nasib etdi..

G‘olib va sovrindor jamoalarga maxsus diplom va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, boshqa ishtirokchi jamoalariga ham diplom va sovg‘alar taqdim etildi.

Tadbir doirasida Mulla Qirg‘iz o‘rta maxsus islom bilim yurti axborot resurs markazi tomonidan “Biz yoshlar – yot g‘oyalarga qarshimiz” mavzusida kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Bellashuv yakunlangandan so‘ng ishtirokchilar Namangan shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Manba: muslim.uz

Top