10:17 / 08.06.2015
2050

O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari yaqinida 2 kun ichida 6 mingga yaqin muhojir qutqarib olindi

O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi sohilbo‘yi xizmatlari vakillari 6-7 iyun kunlari mobaynida Shimoliy Afrikadan Yevropaga qayiqlar orqali kelayotgan 6 ming nafarga yaqin mehnat muhojirlarini cho‘kib ketishdan saqlab qoldi.

Bu muhojirlar asosan Italiya qirg‘oqlari yaqinida qutqarib qolingan.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning harbiy kemasi ming nafardan ortiq mehnat muhojirlarini qirg‘oqqa olib chiqqan. Qutqarilganlar orasida 10 nafar homilador ayol borligi aytilgan.

Top