11:17 / 08.06.2015
2490

Pirlo faoliyatini yakunlayotgani uchun emas, finaldagi mag‘lubiyat tufayli yig‘laganini aytdi

"Yuventus" jamoasi yarim himoyachisi Andrea Pirlo 6 iyun kuni o‘tkazilgan YeChL finalidagi ko‘z-yoshlar jamoani tark etayotgani uchun emas, finaldagi mag‘lubiyat tufayli to‘kilganini ma'lum qildi.

"Siz buni "Yuventus"dan ketishimga yo‘ymoqdasizmi? Yo‘q, bu finaldagi mag‘lubiyat tufayli edi", deydi u bu vaziyatga izoh bera turib.

"Men shunchaki, endi YeChL kubogiga bu darajada yaqin kelmasligim mumkinligi uchun yig‘ladim", deydi Pirlo.

Top