16:45 / 08.06.2015
2044

Turkiya TIV: hukmron partiya xalq fikrini tushundi

Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovchilarning fikr-munosabatini tushundi va, tegishli xulosalar chiqarib, shunga yarasha xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li saylov yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga bergan bayonotida aytib o‘tdi.

“Barcha partiyalar o‘z ishini bajarishi va javobgarlikni his qilishi kerak. Biz xalqning fikrini tushundik, ular buni o‘z qarorlari bilan ko‘rsatib berishdi, hukumatning keyingi majlisida biz bu masalani ko‘rib chiqamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi 40.94 foiz olib, 550 o‘rindan 259tasiga ega chiqdi. U hukumatni mustaqil ravishda shakllantirish uchun yetarli darajada ovoz to‘play olmadi va hukmron partiya maqomidan mahrum bo‘ldi.

Top