08:23 / 08.06.2015
1580

Vengriya elchisi bilan uchrashuvda O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi shaklidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati muhokama qilindi

2015 yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vengriyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Yanosh Ballani qabul qildi.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli sohalardagi, jumladan O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi shaklidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaat kasb etadigan ba'zi mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top