09:19 / 08.06.2015
1747

Van Persi: «MYu» yozda transfer uchun yana 200 mln funt sarflaydi

"Manchester Yunayted"ning gollandiyali 31 yoshli hujumchisi Robin van Persi jamoaning transfer byudjyeti haqida ma'lum qildi.

"O‘tgan mavsumda "Yunayted" yangi futbolchilar uchun 200 million funt sarflagan edi. Klub bu yil ham yana shuncha xarajat qiladi. 

O‘shanda biz sovrinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lamiz", - deydi van Persi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum «MYu» Angliya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Top