12:20 / 08.06.2015
6341

Xitoyliklar «havodagi futbol maydoni»ni barpo etishdi

Xitoyning Xenan viloyati Chjenchjou shahrining ikki nafar fuqarosi 3 iyun kuni 900 kv.m maydonni egallagan «havo futbol maydoni»ni omma e'tiboriga taqdim etdi. Bu haqda china.org.cn nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, maydon ishxonalarning biri uchun qurilgan mashina to‘xtash joyining ikkinchi qavatida barpo etilgan. Bu ko‘plab futbol ixlosmandlariningi qiziqishiga sabab bo‘lgan.

Mazkur sport inshootini Syuy Tsun va uning do‘sti barpo etgan. Ular yoshlklarida futbol o‘ynash uchun maydon topishda turli muammolarga duch kelishgani bois, pullari ko‘paygach, o‘z hisoblaridan mazkur maydonni qurishga qaror qilishgan.

Top