21:09 / 09.06.2015
2200

Airbus konserni 2015 yilda 17 donagacha A400 samolyoti yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Yevropaning Airbus aviakonserni 2015 yilda 17 donagacha A400 yuk samolyoti yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya tarkibidagi harbiy-sanoat bo‘limi rahbari Fernando Alonso ma'lum qildi.

“Samolyotni qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Biz yaqin kunlarda A400 samolyotlarini yetkazib berishni yana boshlash uchun ruxsat olishni kutmoqdamiz. Bu amalga oshsa, biz shu yili buyurtmachilarga 13 tadan 17 tagacha samolyotni yetkazib berishni mo‘ljallamoqdamiz”, deb aytmoqda Alonso.

A400M samolyoti 9 may kuni Sevilyada falokatga uchragan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan. Samolyot Airbus ning mahalliy zavodida yig‘ilgandan keyin sinov parvozi paytida qulagan. Samolyot Turkiya Harbiy-havo kuchlari uchun mo‘ljallangan edi.
Falokatdan keyin Buyuk Britaniya, Germaniya, Malayziya va Turkiya Airbus ning yangi harbiy-transport samolyotlaridan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.

Avvalroq A400 ga umumiy miqdorda 8 ta davlatdan 174 ta buyurtma tushgani ma'lum qilingandi. Ayni paytda buyurtmachilarga 12 ta samolyot yetkazib berilgan.

Top