08:34 / 09.06.2015
1933

Apple Music nomli xizmatini ishga tushiradi

8 iyun kuni San-Frantsisko shahrida o‘tkazilgan WWDC konferensiyasida Music nomli Apple’ning yangi striming musiqa xizmati taqdim qilindi.

Bu xizmat ijrochilar uchun ijtimoiy tarmoqni ham o‘z ichiga oladi. Shu tariqa, kompaniya Spotify kabi ommabop servislarga raqobatchi bo‘la oladigan xizmatini yaratdi.

Musiqachilar ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifalarini ochib, u yerda, misol uchun, qo‘shiqlardan namunalarni, fotosuratlar, videokliplar yoki konsertlarning anonslarini joylashtirishlari, shuningdek, hamkasblarining ijod namunalarini baham ko‘rishlari mumkin. O‘z navbatida, tinglovchilar iTunes’dagi akkuantdan foydalangan holda yulduzlarning xabarlariga izoh qoldirishlari, ularni «layk» qilishlari mumkin. Ayni vaqtda, tinglovchilar ijtimoiy tarmoqda ijrochilarnikidek sahifalarni ocha olishmaydi.

Foydalanuvchilar servizga 30 iyun kunidan ulanishlari mumkin.

Servizga ulanish oyiga 9,99 dollarni tashkil etadi. 6 kishilik oilaviy profillar esa 14,99 dollarlik chegirmali ulanishdan foydalanishlari mumkin. Dastlabki uch oyda xizmatlar bepul qilib qo‘yiladi.

Top