10:28 / 09.06.2015
2428

FIFA Rossiya va Qatardan JCh mezbonligini olib qo‘yish uchun huquqiy asos yo‘qligini ma'lum qildi

FIFA JCh-2018 va JCh-2022 mezbonligi Rossiya va Qatardan olinib, boshqa mamlakatlarga topshirilishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar yuzasidan bayonot berdi

«Rossiya va Qatar FIFA ijroiya qo‘mitasining demokratik ovoz berishlari natijasida jahon chempionati mezbonlariga aylangan», - deyiladi bayonotda. 

«Ekspertlarning xulosalari va mavjud faktlarga asoslanib ma'lum qilamizki, Rossiya va Qatarni jahon chempionatlarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilish uchun FIFAda hech bir huquqiy asos yo‘q», - deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, FIFA ushbu masala yuzasidan ortiq izoh bermaydi.

Top