19:09 / 09.06.2015
3395

Lionel Messi zamonaviy futbolchilar ichida eng qimmatbahosi deya e'tirof etildi

Kataloniyaning «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi zamonaviy futbolchilar ichida eng qimmatbahosi deya e'tirof etildi. Bu haqda Sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) nashri bergan press-relizda qayd qilib o‘tilgan.

CIES tahlilchilari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Messining transfer bahosi 255,3 mln. yevrodan 280,8 mln. yevrogacha bo‘lgan qiymatni tashkil etadi.

Reytingda ikkinchi o‘rinda Angliyaning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Eden Azar qayd etilgan. Uning transfer bahosi €135,4 mln.dan €148,9 mln. o‘rtasida baholanmoqda. Kuchli uchlikni Madrdining «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu band etgan — €113,3 mln-€ 124,7 mln.

Tadqiqotchilar tomonidan tuzib chiqilgan reytingning kuchli o‘nligiga shuningdek quyidagi futbolchilar kiritilgan: Neymar (€89,6 — €98,5 mln), Serxio Aguero (€78,2 — €86,0), Rahim Sterling (€73,7 — €81,0), Pol Pogba (€70,3 — €77,3), Diyego Kosta (€69,9 — €76,9), Aleksis Sanches (€67,8 — €74,6) va Xames Rodriges (€62,5— €68,8).

Top