12:11 / 09.06.2015
3461

AS: "Manchester Yunayted" Ronaldu, Beyl, Benzema va Varanni sotib olmoqchi

AS nashrida yozilishicha, "Manchester Yunayted" "Real"dan to‘rt nafar futbolchisini sotib olish niyatini bildirmoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" nafaqat Garet Beyl va himoyachi Rafael Varan, balki hujumchilar Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemani ham sotib olishni istamoqda. 

Qayd etilishicha, bir necha haftadan beri "Manchester Yunayted" mazkur futbolchilarning shartnomalari haqidagi axborotni "Real"dan so‘rab kelmoqda, biroq madridliklar rahbariyati bu futbolchilarni qo‘yib yubormoqchi emasligini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" o‘tgan yili "Real"dan yarim himoyachi Anxel Di Mariyani 70 million yevro evaziga sotib olgandi.

Top