19:36 / 09.06.2015
4268

O‘zbekistonda hozirgi kungacha 230 mingga yaqin firma nomlari zaxiraga olindi

O‘zbekistonda «Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi» joriy etilgan davrdan boshlab, 2015 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, «Firma nomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga mos kelgan 230 mingga yaqin firma nomlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi zaxirasiga olindi. Bu haqda qo‘mita Axborot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Firma nomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga mos kelgan, ma'lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lmagan bu turdagi nomlar belgilangan tartibda zaxiraga olingan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida esa zaxiraga olingan firma nomlari soni 30 mingga yaqin ko‘rsatkichni qayd etdi.

Top