19:00 / 09.06.2015
3129

«Real» yangi mavsum oldidan nazorat uchrashuvlari taqvimini e'lon qildi

Madridning «Real» klubi 2015/2016 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Klubning «Instagram»dagi rasmiy sahifasida jamoaning mavsumlar oralig‘idagi turnelari taqvimi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, jamoa yoz davomida Avstraliya, Xitoy va Germaniyaga safar uyushtiradi.

Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadigan International Champions Cup in Australia turnirida madridliklar 18 iyul kuni Italiyaning «Roma», 24 iyul kuni esa Angliyaning «Manchester Siti», klubiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Ikkinchi turne doirasida Xitoyda tashkillashtiriladigan International Champions Cup in China klublar musobaqasida 27 iyul kuni Milanning «Inter», 30 iyul kuni esa «Milan» jamoasi bilan kuch sinashadi.

Mavsumoldi so‘nggi tayyorgarlik doirasida esa jamoa «Audi» kubogida ishtirok etadi. 4 avgust kuni «Tottenhem» bilan natijaga qarab, 5 avgust kuni «Bavariya» yoki «Milan» jamoalaridan biri bilan ro‘baru kelishlari mumkin bo‘ladi.

Top