18:13 / 09.06.2015
3454

Samsung himoyalangan Galaxy S6 Active smartfoni haqida axborot berdi

Samsung kompaniyasi Galaxy S6 Active smartfonining himoyalangan versiyasi haqida boshlang‘ich axborot tarqatdi. Yangi apparatning promolavhasi AT&T operatorining Youtube’dagi kanali orqali namoyish etildi.

Smartfonning rezinali korpusi uni changdan va namlikdan IP58 standarti bo‘yicha muhofaza qiladi. Bundan tashqari, 1.2 m gacha bo‘lgan balandlikdan tushib ketish yangi telefonga qo‘rqinchli emas.
Texnik nuqtai nazardan S6 Active 3500 mA/soat batareyasiga ega bo‘ldi. Ammo, Galaxy S6dan farqli ravishda, himoyalangan versiyada barmoq izlari skaneri yo‘q.

Samsung Exynos 7420 protsessori, 13 mP li kamera va 5.1 dyuymli ekran ham S6nikidan farq qilmaydi.

Top