16:31 / 09.06.2015
1722

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlar va YouTube`ga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

Tojikiston internet-provayderlari ijtimoiy tarmoqlar va shunga yaqin bo‘lgan saytlar, shuningdek, taqiq qo‘yilgan yangilik va axborot agentliklariga taqiqlarni bekor qildi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, bunga Dushanbeda uch kun davomida bo‘lib o‘tadigan «Hayot uchun suv» xalqaro konferensiyaga 99 mamlakatdan 1,5 mingdan ortiq vakillar va BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning ham tashrifi sabab sifatida ko‘rilmoqda.

«Biz kecha kechki payt Feysbukni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochilishiga imkoniyat yaratib berishimiz haqida ko‘rsatma oldik», deya internet-provayder rahbarlaridan birining so‘zidan iqtibos keltiradi «Interfaks».

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Tojikistonda Facebook, «Odnoklassniki», «VKontakte», va YouTube videoxostingining yopib qo‘yilishiga Tojikiston sobiq amaldorlaridan biri Gulmurod Halimovning ijtimoiy tarmoqlar orqali "IShID" jangarilari bilan Tojikistonga «musulmonlar huquqini himoya qilish uchun» qaytishi haqidagi videomurojaatlari sabab bo‘lgani taxmin qilinadi.

Top