21:18 / 09.06.2015
3476

Turkiya bosh vaziri iste'foga ketmoqda

Turkiya bosh vaziri Axmed Dovudo‘g‘lu parlament saylovlari natijalariga ko‘ra iste'foga ketmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mamlakat prezidenti vakolatxonasi bergan xabarga ko‘ra, Dovudo‘g‘lu yangi hukumat shakllantirilgunga qadar o‘z lavozimida qoladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an parlament saylovlarining yakuniy natijalari e'lon qilingandan keyin Dovudo‘g‘luga yangi hukumatni shakllantirish iltimosi bilan rasman murojaat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri partiyasi hukmron partiya mavqeini yo‘qotgani ma'lum qilingandi.

Top