12:28 / 09.06.2015
2915

Unitel axborotlashtirish nazorat inspeksiyasining ayblovlariga izoh berdi

Unitel kompaniyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha davlat nazorat inspeksiyasining ayblovlariga javob berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qilgan.

8 iyun kuni inspeksiyaning rasmiy saytida Unitel MChJning radiochastota spektridan foydalanishda va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgani haqidagi maktubi e'lon qilingan edi. Bunga javoban kompaniya o‘z maktubini e'lon qildi.

“Beeline O‘zbekiston bozoriga chiqqanidan buyon biz soha regulyatorlari bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirib bormoqdamiz, bu o‘z navbatida kompaniyaning ham, respublika miqyosida telekom-sektorning o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Biz inspeksiyaga muntazam monitoring va abonentlik xizmatlari sifatini oshirish borasidagi hamkorlikdagi harakatlar uchun minnatdormiz. Bu nafaqat kamchiliklarni bartaraf qilish, balki jarayonlarni takomillashtirishga ko‘mak beradi”, – ta'kidlaydi kompaniya matbuot kotibi Rezida Erdman.

gis.uz saytida e'lon qilingan maktubga kelsak, – qayd qildi u. – o oxirgi olti oy ichida sodir bo‘lgan bir nechta holatlarga bag‘ishlangan. Gap Qashqadaryoda qonunlashtirish jarayoni yakunlanganiga qadar ishlab turgan ikkita tayanch stansiyasi haqida ketmoqda. Inspektsiyaning o‘z vaqtida bergan ogohlantirishi asosida choralar ko‘rilib, bu ikki stansiya 20 mart kuni Unitel’ga topshirildi. Samarqand viloyatidagi uch radiorele yo‘nalishi 4 iyun qaroriga muvofiq ishga tushirilgan edi”.
Bundan tashqari, matbuot kotibi 12 fevral kuni Toshkentning Olmazor tumanida sodir bo‘lgan avariyaga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, avariya kompaniya mutaxassislari tomonidan 48 daqiqada bartaraf etilgan.
Ta'kidlanishicha, 2015 yilning yanvaridan mayiga qadar bo‘lgan muddatda kompaniya ustidan kelib tushgan arizalar soni 50 donadan oshmagan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlariga nisbatan biroz ko‘proqdir.
“2006 yildan beri biz respublikaga 1 mlrd dollardan ko‘proq investitsiya kiritdik va bundan keyin ham mijozlarimiz manfaatlari yo‘lida tarmoq taraqqiyoti uchun pul kiritishda davom etish niyatimiz bor. Va, albatta, bu sohada regulyator bizni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilamiz. Unga yaqin kunlarda kompaniyaning harakat rejasini o‘z ichiga oluvchi rasmiy javob yuboriladi”, – qo‘shimcha qildi Erdman.

Top