01:50 / 09.06.2015
2623

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga to‘rtta yangi turni kiritdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasi 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga to‘rtta yangi turni kiritishni ma'qulladi.

Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tadigan 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilar ilk bor konki uchish sportida mass-start, snoubordda big-eyr, kyorlingda dabl-mikst va tog‘-chang‘i sport turida jamoaviy musobaqalar o‘tkazadilar.

Ma'lumot uchun, 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9–25 fevral kunlari Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top