11:54 / 10.06.2015
2676

2016 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolik sudlariga internet orqali ariza berish mumkin bo‘ladi

2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 ta kodeks hamda 6 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunga imzo chekkanligi haqida xabar berilgandi

Qonunga ko‘ra, Fuqarolik protsessual kodeksiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Ushbu o‘zgartirishlarning ahamiyatli tomoni, 2016 yil 1 yanvar kunidan boshlab fuqarolik sudlariga internet orqali ham arizalar topshirish mumkin bo‘ladi.

Xususan, Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasi quyidagi mazmundagi 4-qism bilan to‘ldirildi:

"Sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin". Fuqarolik protsessual kodeksi, 1-modda.

Bundan tashqari, endilikda sudga chaqiruv qog‘ozlari, sudning chiqargan ajrim, hal qiluv qarorlari va tushuntirishlar (e'tirozlar) taraflarga elektron ko‘rinishda, internet tarmog‘i orqali yuborilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tish joiz, 2013 yil 30 apreldagi qonunga ko‘ra, xo‘jalik sudlariga internet orqali ariza topshirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan edi va bugungi kunda Oliy Xo‘jadik Sudining rasmiy sayti – http://economical-court.uz orqali xo‘jalik sudlariga da'vo arizalari qabul qilinmoqda.


Top