19:14 / 10.06.2015
1751

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi iyunda Qirg‘iziston va Gruziya bilan o‘ynaydi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Jamoa keyingi yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlikni boshlagan.

Poytaxt yig‘ini butun iyun oyi davomida bo‘lib o‘tadi. Yig‘in davomida terma jamoa 5ta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. 19, 20 va 21 iyun kunlari Xose Mendez shogirdlari Qirg‘iziston trema jamoasiga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi. Bir necha kun o‘tib, 26 va 27 iyun kunlari esa O‘zbekiston futzal terma jamoasi Gruziyaga qarshi maydonga tushadi.

Bu o‘yinlarning barchasi “O‘zbekiston” sport majmuasida 18:00da boshlanadi. Faqat Qirg‘izistonga qarshi uchinchi o‘yin 15:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz kelasi yilning 9 – 16 fevral kunlari Toshkent futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Chempionatning eng kuchli 4 jamoasi esa Jahon chempionati-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Quyida Toshkent yig‘inida ishtirok etayotgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalar a'zolar bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Rustam Umarov (Olmaliq), Klim Tyugayev (Olmaliq), Akmal Xazratqulov (Do‘stlik), To‘ychi Berdiyev (Kogon), A'zam Matvaliyev (Maksam-Chirchiq), Oleg Tukmakov (Lokomotiv).

O‘yinchilar: Konstantin Sviridov (Olmaliq), Maqsud Fayzullayev (Olmaliq), Javlon Anorov (Olmaliq), Feruz Faxriddinov (Nasaf), Nodir Eliboyev (Do‘stlik), Dilshod Raxmatov (Ardus), Alisher Ibrohimov (Do‘stlik), Davron Choriyev (Ardus), Eldor Hoshimov (Ardus), Davron Abdurahmonov (Ardus), Artur Yunusov (Ardus), Tohir Abdurazzoqov (Nasaf), Oybek Polvonov (Nasaf), Ilhom Hamroyev (Kogon), Sarvar Shoahmedov (Lokomotiv), Andrey Shlema (Olmaliq), Sunnat Quralov (Olmaliq), Sirojiddin Mahmudov (Olmaliq), Farxod Abdumavlonov (Ardus), Islombek Boyto‘rayev (Maksam-Chirchiq).

Top