20:30 / 10.06.2015
2692

Instagram’ning veb-versiyasi yangi dizaynga ega bo‘ldi

Instagram ijtimoiy tarmog‘ining veb-versiyasi yangi dizaynga ega bo‘ldi. Saytning imkoniyatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan. Unda avvalgidek, o‘z tasmasini va boshqa foydalanuvchilarning profilini ko‘rish, izoh yozish va “Like” bosish imkoni mavjud. Yangiliklar tasmasi hamda tomosha qilinayotgan suratlar avvalgi ko‘rinishga nisbatan biroz kengroq (taxminan 8 foiz) ustunga ega bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Instagram o‘zining veb-versiyasini 2013 yilning fevralida taqdim etgan edi. 

Top