16:09 / 10.06.2015
2248

Joze Mourino: Avtobusni boshqarish uchun ham yaxshi haydovchi bo‘lish kerak

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino himoyaviy futbolni ifodalaydigan "avtobus futboli" atamasi borasida fikrlarini bildirib o‘tdi

"Eng avvalo barcha avtobus haydovchilariga hurmatimni bildiraman. Avtobusni yaxshi boshqarish uchun yaxshi haydovchi bo‘lish lozim. Avtobusni to‘xtash joyiga qo‘yish uchun kimningdir yordami kerak bo‘ladi. Shunday ekan, "avtobus himoyasi" uslubini qo‘llay oladigan murabbiylar hurmatga loyiq.

Futbolda barchasini vaziyatlar hal qiladi. Birinchi daqiqadan oxiriga qadar bir xilda o‘ynash juda qiyin. Ba'zan sen, ba'zan esa raqib tashabbusga ega bo‘ladi. Shunday ekan, bir o‘yinni turlicha olib borishga majbursan. Bu esa oson emas.

Xuddi shuningdek, avtobus haydovchisi ham mashinasini to‘g‘ri boshqarish uchun ko‘p mashg‘ulot o‘tashi kerak. Futbolda ham xuddi shunday. Ba'zan futbolilar rohatlanib o‘ynash uchun maydonga tushadilar, ammo har doim ham buning uddasidan chiqa olishmaydi. 

Bu yil "Chelsi" hamma narsaga tayyor edi. Biz avtobusni ajoyib tarzda joylashtirib, kuchli futbol namoyish eta oldik. Bunday bo‘lmaganda esa, mag‘lubiyatga uchradik. Yodingizda bo‘lsa "Everton"ga qarshi kechgan bahsda (6:3) biz avtobusni yomon joylashtirdik va uchta gol o‘tkazib yubordik", - deydi Mourino.

Top