11:13 / 10.06.2015
2083

Kiyev yaqinidagi neft omborida davom etayotgan yong‘in vaqtida portlash sodir bo‘ldi

Kiyev yaqinidagi neft omborida 9 iyunga o‘tar kechasi chiqqan yong‘in davomida portlash yuz berdi. Bu haqda 112 Ukraina telekanali xabar qilgan.

Guvohlarning aytishicha, bu voqea Toshkent vaqti bilan 10 iyun kuni, soat 07:30 da sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar sharoitlarning og‘irligi tufayli hanuzgacha yong‘inni bartaraf qila olishmagan.
Voqea joyida o‘nlab o‘t o‘chirish mashinalari ish olib bormoqda.

Ushbu yong‘in davomida shu vaqtgacha 3 nafar o‘t o‘chiruvchi hamda bir nafar ombor xodimi halok bo‘lgan. 12 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Top