18:18 / 10.06.2015
2211

Moskvalik qallob ikki uyda 56 ming muhojirni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Moskva sudi shahardagi ikki manzil bo‘yicha 56 ming mehnat muhojirini ro‘yxatdan o‘tkazgan qallobni ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Mehnat muhojirlarini himoya qilish mintaqalararo kasaba uyushmasi kotibi bo‘lgan Pavel Kovalenko hujjatlarni noqonuniy rasmiylashtirish faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlangan. Shu yo‘l bilan u 56 ming kishini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ularni ro‘yxatga olish bo‘yicha murojaatnomalar 2013 yil yanvaridan 2014 yil iyuniga qadar yuborilgan. Ularning bari Leninskaya Sloboda va Avtozavodskaya ko‘chalaridagi ikkita uyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Top