12:34 / 10.06.2015
1858

Nazarboyev: ixtiloflarni kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilib bo‘lmaydi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish metodlaridan voz kechilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u jahon va an'anaviy dinlar yetakchilari beshinchi s'yezdining plenar yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Siyosiy yetakchilarni jahondagi o‘zaro ishonchsizlikning oshib borishiga qarshi kuch ishlatish metodlaridan voz kechishga, turli iqtisodiy va siyosiy cheklovlar o‘rnatishni to‘xtatishga chaqirish lozim. Bundan uchinchi dunyo mamlakatlari va oddiy odamlar ko‘proq aziyat chekadi”, – dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Shuningdek, u XXI asrda sovuq urush stereotiplarining qayta alangalanmasligiga harakat qilish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Top