20:46 / 10.06.2015
2992

Odil Ahmedov RPFL murabbiylari so‘roviga ko‘ra kuchli beshlikda qayd etildi

Rossiya professional futbol ligasi klublari bosh murabbiylari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda yakuniga yetgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

So‘rov natijalariga ko‘ra «Zenit»ning braziliyalik hujumchisi Xalk «eng yaxshi futbolchi» sovriniga munosib ko‘rildi.
 
Xalk bosh murabbiylardan 9 nafarining anketasida 1-o‘rinda qayd etilgan. Yakunda braziliyalik futbolchi 32 ochko jamg‘ardi. "Krasnodar" a'zosi Odil Ahmedov esa so‘rov yakunlariga ko‘ra 5-o‘rinni egalladi. TsSKA vakili Bibras Natxo ham 4 ochko to‘plagan.
 
1. Xalk («Zenit») – 32 ochko
 
2. Roman Yeremenko (TsSKA) – 21
 
3-4. Esekiel Garay («Zenit»), Mate Valbuena («Dinamo») – 5
 
5-6. Odil Ahmedov («KRASNODAR»), Bibras Natxo (TsSKA) – 4

Top